Fekir "Barselona"ni musobaqadan chiqarib yubormoqchi

  • 13 mart, 2019, 20:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lion" klubi etakchisi Nabil Fekir jamoasi bilan birga bugun EChL 1/8 final javob bahsida “Barselona”ni mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning yana bir sensatsiyasini amalga oshirishiga ishonmoqda.

Tecno

“Ushbu bosqichda ko‘plab sensatsiyalar bo‘ldi. Shunday ekan nega biz ham bunday qila olmaymiz? Bizni yo‘qotadigan hech narsamiz yo‘q va shu bois “Kamp Nou”da qo‘rquvsiz harakat qilamiz. Bizning tarkibimizda ham o‘ziga ishonadigan futbolchilar bor.

Bu men uchun ham, klub uchun ham katta o‘yin. Men har doim musobaqaning ushbu bosqichida o‘ynashni orzu qilardim”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" - "Lion" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi. Ushbu jamoalarning Frantsiyada o‘tgan dastlabki bahsi 0:0 hisobida nursiz durang bilan yakunlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!