Fazliddin Erkinboev chorak finalga yo‘l oldi. Keyingi raqib - Saidjamshid Jafarov!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning to‘rtinchi kunidan 7 nafar vakilimizning janglari o‘rin olgandi.
-75 kg da yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Fazliddin Erkinboev armanistonlik Vakhtang Xarutyunyan ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Endi Erkinboev chorak finalda Ozarbayjon nomidan ishtirok etayotgan, asli o‘zbekistonlik Saidjamshid Jafarovga qarshi ringga ko‘tariladi.
Shu tariqa hamyurtlarimiz ishtirokidagi bugungi bahslar yakunlandi. 9 dekabr soat 18:00 dan so‘ng yana bir qator ajoyib janglarga guvoh bo‘lamiz!



Fikrlar