Ekspert: Fayzullaev jahonning eng zo‘r yosh o‘yinchisi sovriniga munosib!

  • 14 dekabr, 2023, 17:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning TsSKA klubi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaev Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi – IFFHS ekspertlari tomonidan 2023 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikka da’vogarlar ro‘yxatiga kiritildi.

Tecno

Bu yilgi ro‘yxatdan butun dunyodan yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan 26 nafar 20 yoshgacha iste’dod egalari kiritildi va ular 120 dan ortiq mamlakatlar ekspertlari ishtirokidagi so‘rovnomada ovozga qo‘yiladi.

Xalqaro tashklot ro‘yxatiga kiritilgan Abbosbek Fayzullaev so‘rovnomaga nomzodi qo‘yilgan yagona osiyolik futbolchi hisoblanadi.

trener-cska-fedotov-hotelos-by-chtoby-takih-transferov-kak-fajzullaev-bylo-bolshe_1700933825290856459

Rossiyalik futbol ekspretlari ham Fayzullaevning xalqaro miqyosda e’tirof etilganiga o‘z munosabatini bildiryapti.

TsSKA jamoasining sobiq futbolchisi Vladimir Ponomoryov “armiyachilar” etakchisining jahonning eng iste’dodli yoshlari qatoridan o‘rin olgani bo‘yicha fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Fayzullaevning o‘yini 20 yoshli futbolchi uchun juda yuqori darajada ekani ko‘rinib turibdi. Juda zo‘r futbol ko‘rsatyapti.

Men Abbosbek o‘z yoshiga nisbatan juda aqlli va jozibali futbol namoyish qilyapti, degan bo‘lardim edi.

Odatda, futbolchilar 23-24 yoshda ulg‘aygan hisoblanadi va o‘yini ochiladi. Chunki aynan shu yoshda ularning aqli shakllangan bo‘ladi. Lekin Abbosda hozirning o‘zida etuklik alomatlari namoyon bo‘lib ulgurdi. Menga bu juda yoqyapti.

Abbos o‘z vaqtida pas beradi, o‘zi ham juda yaxshi ochiladi, darvozaba juda aniq zarba berishga qodir. Fayzullaevning bo‘yi biroz past, lekin bu kabi futbolchilarning texnikasi va tezligi o‘ta yuqori bo‘lishi talab etiladi. Abbosda esa bu xususiyatlar yaxshi shakllangan, u to‘p bilan yaxshi yuguradi va dribling ustasi hisoblanadi.

Shunday ekan, men Fayzullaevni xalqaro tashkilot tomonidan yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nominatsiyasi bo‘yicha da’vogarlar qatoriga kiritilganini qo‘llab-quvvatlayman. Bu adolatli qaror.

Abbosbek jahonning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e’tirof etilishga munosib va loyiq, deb hisoblayman, - dedi Vladimir Ponomaryov.

2023_10_29_019

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempioni va ushbu musobaqaning eng zo‘r o‘yinchisi bo‘lgan. Shuningdek, u yoshlar o‘rtasida Argentinada o‘tkazilgan jahon chempionatida ham munosib ishtirok etgan.

Fayzullaev TsSKAga avgust oyida ko‘chib o‘tdi. Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogida jami 18 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga to‘qqizta golli pas uzatdi.

Fayzullaev qishda TsSKAdan Evropaga ketishi kutilyapti

Tezkor: Fayzullaev Jud Bellingem bilan birga jahonning eng zo‘r yosh o‘yinchisi sovriniga da’vogar!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!