Fayzullaev “yondirdi”: Abbosdan supergol! Miralem Pyanich, nima deysan?

  • 28 sentabr, 2024, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasining 10-turidan o‘rin olgan TsSKA va “Axmat” jamoalari uchrashuvi qahramoni Abbosbek Fayzullaev bo‘ldi.

Tecno

Legionerimiz uchrashuvning boshidayoq pozitsiyasini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Hujum chizig‘ining o‘ng qanotidan o‘rin olgan Rifat Jemaletdinov bahsning uchinchi daqiqasidayoq jarohat olib, maydonni erta tark etdi.

Marko Nikolich maydonga Tamerlan Musaevni tushirdi. Bu o‘zgarish natijasida Abbos o‘rnini Musaevga bo‘shatib, o‘zi o‘ng qanotga o‘tdi.

Ustasiga farqi yo‘q, deganlaridek, Fayzullaev o‘ng qanotda ham yuqori darajada o‘ynay olishini ko‘rsatdi. Bellashuvning 19-daqiqasida 20 yoshli futbolimiz jarima maydonchasi tashqarisidan aniq va murakkab zarba bilan hisobni ochdi.

Jamoalar tanaffusga chiqishi oldidan Kellven hisobdagi farqni oshirdi.

Tanaffusdan keyin yana katta sahnaga Abbosbek Fayzullaev chiqdi. Bu gal u markaziy hujumchi vazifasini a’lo darajada uddaladi. Hujum markazida paydo bo‘lgan hamyurtimiz qanotdan uzatilgan to‘pni bir harakat bilan “Axmat” darvozasiga joyladi. Bu vaziyatda to‘p raqib himoyachisiga ham tegdi. Gol muallifiga qo‘shimcha aniqlik kiritilishi kutilmoqda.

Abbosbek Fayzullaev butun uchrashuv davomida faol harakat qildi va jamoadoshlariga bir necha marotaba juda xavfli hujum tashkil qilib berdi, o‘tkin paslar oshirdi. Abbosbekning tezkor, kreativ o‘yini jamoasining g‘alabasiga poydevor bo‘ldi.

Uchrashuvni “armiyachilar”ning yangi o‘yinchisi Miralem Pyanich tribunadan kuzatib bordi. Evropa futbolida porlagan bosniyalik yulduz o‘zi bilan birga harakat qiladigan futbolchilar imkoniyatini bilib oldi.

Xususan, aksariyat ekspertlar tez orada TsSKAda Abbosbek Fayzullaev va Miralem Pyanich tandemi paydo bo‘lishi ta’kidlamoqda. Pyanich maydon markazida kreativ o‘yin ko‘rsata oladi va turli masofalarga aniq pas uzatadi. Fayzullaev esa, maydon markazini bosniyalik yarim himoyachiga qoldirgan holda har ikki qanotdan hujum uyushtirish va so‘nggi pasni juda qulay uzatish mahoratiga ega.

Bu qobiliyatini legionerimiz “Axmat”ga qarshi bahsda ham namoyish qildi. Bir so‘z bilan aytganda, bu bellashuvda Fayzullaev nimalarga qodirligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Legionerimiz uchrashuv yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganida zaxiraga olinib, o‘rnini malilik hujumchi Seku Koytaga bo‘shatib berdi. 

Biz uchun quvonchli tomoni, Abbosbek Fayzullaev yangi mavsumdagi golli hisobini ochdi. Legionerimiz TsSKA safidagi ilk dublini nishonladi.

TsSKA yirik hisobdagi g‘alabadan keyin ochkolar sonini 17 taga etkazib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev o‘tgan yili avgustda “Paxtakor”dan TsSKAga o‘tgan edi. Legioner sifatidagi debyut mavsumidayoq Premer-liga va mamlakat kubogida 32 ta uchrashuvda beshta gol va 14 ta assist qayd etgan o‘zbek futbolchisi chempionatning asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etildi.

Fayzullaev yangi mavsumni biroz bo‘sh boshlagan bo‘lsa-da, optimal sport formasini tez tiklab oldi. 20 yoshli futbolchimiz hozir ham jamoaning etakchisi hisoblanadi. Nihoyat, gollari himobini ochgan Abbosbek chempionat va kubok musobaqalaridagi 11 ta uchrashuvda beshta assist ham qayd etgan.  

Italiya chempioni Fayzullaevga yordam beradi...

Frantsiyada o‘zbek futbolchisiga e’tibor qaratishdi!

Yurich uch futbolchini tarkibga kiritmadi: Shomurodov “Evro-2024” qahramoni Niko Uilyamsga qarshi o‘ynaydimi?

Rossiyada legionerimizni nega o‘ynatishmayapti?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
28/09/2024 22:44
Аббос ҳақида гап кетганда унинг "Резюме"сини, ҳар сафар ёзиш шарт эмас. Барибир ўша жойини ҳеч ким ўқимайди, чунки ҳамма ёддан билади(ёдлативордиларинг). Эндиги сафар, Аббос, Элдор, Остон ёки Жалол ҳақида ёзганда бунақа қилмаларинг. Ёки силарга фарқи йўқми? Барибир ёзаверасларми?
Mahmud Ttww
28/09/2024 22:37
Жиззахлик # сирдарёлик йигит олға, олға Ўзбекистон..
&
Dili
28/09/2024 18:24
Пахтакорда уйнаганми узир билмас эканмиз укинглар билмаганлар билиб олинглар.Кайтаровирасларми адмен янгисидан булсин булар энди