Fayzullaev “yangi” jamoada!

  • 31 may, 09:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaev legioner sifatida ilk marotaba nufuzli sovrin sohibi bo‘lishi mumkin.

Tecno

2023 yili “Paxtakor”dan Moskvaning TsSKA klubiga ko‘chib o‘tgan iqtidorli o‘yinchi debyut mavsumida jamoasi bilan yuqori natijalar ko‘rsata olmagan edi. Jamoa serbiyalik mutaxassis Marko Nikolichga topshirilgan ancha jiddiy natijalar qayd etilmoqda.

Xususan, TsSKA Rossiya Premer-ligasining 2025 yilgi o‘yinlarida biror marotaba mag‘lub bo‘lgani va chempionatni uchinchi o‘rinda yakunladi. Abbosbek Fayzullaevni bu borada bronza medal bilan tabriklasak bo‘ladi.

Lekin bu chegara emas. “Armiyachilar” 1 iyun kuni Rossiya kubogi Superfinalida “Rostov” bilan kuch sinashadi. Jamoa g‘alaba qozongan taqdirda Abbosbek Fayzullaev ham Rossiya kubogi g‘olibiga aylanadi.  

Rossiya kubogi musobaqasining rasmiy telegram-kanali final uchrashuvidan oldin 2024-2025 yilgi mavsumda turnirda ishtirok etgan eng zo‘r o‘yinchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzdi. Ushbu yangi jamoa muxlislar o‘rtasidagi so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘plagan charm to‘p ustalaridan tarkib topdi.

Ramziy terma jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi.

Darvozabon:

Rustam Yatimov (“Rostov”).

Himoyachilar:

Stanislav Poroykov (“Tyumen”), Maksim Osipenko (“Rostov”), Villian Rosha v Moyzes (TsSKA).

Yarim himoyachilar:

Matvey Kislyak va Abbosbek Fayzullaev (TsSKA), Markinos (“Spartak” Moskva), Aleksandr Saplinov (“Spartak” Kostroma).

Hujumchilar:

Egor Golenkov (“Rostov”), Seku Koyta (TsSKA).

Ta’kidlash lozimki, TsSKA futbolchilari Rossiya kubogining guruh bosqichida “Axmat”, “Krasnodar” va “Nijniy Novgorod” jamoalari bilan kuch sinashib, oltita uchrashuvdan to‘rttasida g‘alaba qozondi, bittadan durang va mag‘lubiyat qayd etdi.

Birinchi o‘rin bilan pley-offga chiqqan “armiyachilar” Superfinalgacha o‘ta kuchli raqiblar – “Dinamo Moskva” va “Zenit”ni musobaqadan chiqarib yubordi.

Abbosbe Fayzullaev kubok o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tkazdi. Jami 11 ta uchrashuvda ishtirok etgan legionerimiz o‘z hisobiga bitta gol va to‘rtta assist yozdirib qo‘ydi.  

Endi bo‘lajak Superfinal uchrashuvida Abbosbek Fayzullaev va TsSKA futbolchilariga muvaffaqiyat va g‘alaba tilab qolamiz.

Husanov eng badavlat klublardan birida o‘ynaydi...

“Manchester Siti” Husanov uchun “Lans”ga qo‘shimcha 5 million evro to‘lamaydigan bo‘ldi!

Husanov, yaxshi bor! “Manchester Siti” 12 nafar futbolchisini kuzatdi

Bunaqasi bo‘lmagan: Husanov, Shomurodov va Fayzullaev haqida!

Shomurodov jamoasini mashhur murabbiy boshqarishga rozi bo‘ldi

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rest Lover
31/05/2025 21:51
Аббосбек, яшавор, арзийди! Омадини берсин!
&
Азизжон
31/05/2025 10:11
Олґа админ сиз зурисиз сиздан зури йук