Fayzullaev sovrinlar uchun kurashmoqchi, Nikolich Abbosni xato uchun tanqid qildi!

  • 5 fevral, 07:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasida ishtirok etayotgan TsSKA mavsumning ikkinchi yarmiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Tayyorgarlik bosqichi doirasida “armiyachilar” Rossiya Premer-ligasining qishki kubogi musobaqasi doirasida TsSKA mamlakatning eng kuchli klubi “Zenit” bilan kuch sinashdi.

Tecno

Abu-Dabida tashkil etilgan uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi. Piterliklarning o‘yinning so‘nggi daqiqasida Abbosbek Fayzullaevning xatosi natijasida hisobni tenglashtirdi. G‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Abbos 11 metrlik nuqtadan gol ura olmadi.

21 yoshli hujumkor futbolchimiz tayyorgarlik jarayoni jamoadagi o‘zgarishlar, o‘zining yangi vazifasi, TsSKAning joriy mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.

- Qishki o‘quv-mashg‘ulot yio‘inlari doim qiyin o‘tadi, chunki yuklamalar ko‘p, mashg‘ulotlar juda murakkab. Biz chempionatga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Tayyorgarlik juda yaxshi ketyapti, deb o‘ylayman.

Biz yangi o‘yin sxemasiga o‘tdik va hozir uni o‘zlashtirishga e’tibor qaratganmiz, unga ko‘nikish uchun biroz vaqt talab etiladi. Yangi sxema bo‘yicha biz to‘pga ko‘proq egalik qilamiz.

Pozitsiyam o‘zgardi. Ilgari men bu darajada maydon ichkarisidan hujum qilmaganman. Bu usulda ilgari O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynab ko‘rgan edim.

O‘yinda borimni berishga harakat qilaman, ayni paytda murabbiy meni 8-raqam pozitsiyasida o‘ynatyapti. Bolaligimdan 10-raqam o‘rnida o‘ynab kelganman va bu joyda o‘zimni ancha qulay his qilardim. Hozir o‘zimning yangi qirralarimni kashf qilyapman, deyishim mumkin. Vaqt berilsa, hujum sxemasida bu pozitsiyada ham samarali o‘ynashni o‘rganib olaman.

O‘ylashimcha, tayyorgarlik yig‘inlaridan keyin yaxshi o‘ynay boshlaymiz va chempionatda kuchli uchlikdan joy olishni uddalaymiz. O‘zimiz ham sovrinli o‘rinlarni egallashni istaymiz. Bahorda syurpriz qila olamiz. Ikki yil oldin ham jamov qishda 5-6-o‘rinda bo‘lgan va chempionatni ikkinchi o‘rinda yakunlagan. Hamma narsaning imkoni bor, - dedi Abbosbek Fayzullaev.

Ta’kidlash joizki, TsSKA bosh murabbiyi Marko Nikolich Abbosbek Fayzullaevning “Zenit” bilan o‘yinning so‘nggi soniyalarida  xatoga yo‘l qo‘yib, hisobning tenglashishiga sababchi bo‘lganini bee’tibor qoldirmadi va legionerimizni tanqid qildi.

- “Zenit” bilan o‘yinimiz juda og‘ir o‘tdi. Tomoshabinlar uchun biroz zerikarli o‘yin bo‘lishi mumkin, lekin menga jamoaning ishtiyoqi yoqdi. Maydonda kurash va qoida buzishlar ko‘p bo‘ldi. Agar hamma hozirdan engil harakat qilganida bu g‘alati tuyulardi. Chunki chempionat tiklanishiga hali bir oy vaqt bor.

Menga  oxirgi pallada gol o‘tkazib yuborganimiz umuman yoqmadi. Abbos uch soniyaga to‘pni yo‘qotdi. Futbolda hammasini mana shunaqa mayda narsalar hal qiladi, - dedi Marko Nikolich.

TsSKA chempionatning birinchi qismida 18 ta uchrashuvda 31 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalining oltinchi pog‘onasida bormoqda.

Abbosbek Fayzullaevning o‘zi joriy mavsumda barcha turnirlarda 23 ta uchrashuv o‘tkazib, uchta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Болельщик
06/02/2025 12:20
Канатда вингер болиши керак Аббос, у 8ликда кийналади