Fayzullaev “Barsa” bo‘lmasa, “Real”da o‘ynashga tayyor!

  • 1 mart, 2024, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Abbosbek Fayzullaev bugungi kunda eng mashhur o‘zbek futbolchisiga aylandi. O‘tgan avgustda TsSKA ko‘chib o‘tganidan keyin Rossiya futbol jamoatchiligi legionerimizni alohida qiziqish bilan kuzata boshladi.

Tecno

Premer-ligani tahlil qilib borayotgan mutaxassislar, murabbiylar, sobiq o‘yinchilar 20 yoshli hujumkor futbolchining mahorati haqida fikr bildirishdan to‘xtayotgan yo‘q.

2023_10_29_037

Ayniqsa, Abbosbek Fayzullaev O‘zbekiston milliy terma jamlasi safida Qatarda bo‘lgan Osiyo kubogida ham o‘zini ko‘rsata olgani unga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Xorij klubalari Abbosbekni kuzatayotgani haqida ma’lumotlar chiqishi davom etmoqda.

Rossiya sportini yoritib kelayotgan eng nufuzli manbalardan biri – www.championat.com sayti Abbosbek Fayzullaev bilan suhbat uyushtirdi.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga suhbatning eng qiziqarli qismlaridan birini havola etadi.

— O‘zbekiston Osiyo kubogidan alamli tarzda chiqib ketdi. Buning ta’siri tez o‘tib ketdimi?

— Bu juda yaxshi tajriba bo‘ldi: men O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida bunday yirik musobaqada ilk marotaba o‘ynadim va ko‘p narsani o‘rgandim. Biz juda yaxshi o‘ynadik, lekin Qatar bilan bo‘lgan bahsda penaltilar seriyasidan chiqib ketdik, bu uchrashuvni yutishimiz ham mumkin edi.

Agar Qatardan o‘tganimizda, turnirda g‘olib chiqish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘lardik. Biroq hayot davom etadi. Maqsadimiz bor – birinchi marta jahon chempionatiga chiqish. Tarixga kirmoqchimiz.

— Yana nimalarni o‘rganding?

— Qiyin vaziyatlarda qanday o‘ynashni. Osiyo kubogida maydondagi pozitsiyamni o‘zgartirdim.  Avvaliga sal noqulay bo‘ldi, lekin Tailand bilan o‘yinda yangi rolga moslashib bo‘lgandim. Biz raqib kim qaerda o‘ynashini tushunmasligi uchun pozitsiyamizni muntazam almashtirib turdik. Shunday ekan, men taktik jihatdan ham kuchli bo‘ldi.

— Sizlarga zo‘r muxlislik qilishdi...

— Ha, odatdagidan ham boshqacha bo‘ldi. Qatarda muxlislar mehmonxonaga keldi. Ijtimoiy tarmoqlar “qaynadi”.  Juda yoqimli bo‘ldi.

— Osiyo kubogidan keyin senga “Bavariya” qiziqish bildirayotgani haqida gap tarqaldi...

—Men bu haqida bilmas edim, internetda o‘qib qoldim, bunga oddiy munosabat bildiraman, mish-mishlar har doim bo‘ladi.

— Lekin biz “Bavariya”dan qiziqish haqiqat ekanini eshitdik...

— Ha, bilishimcha mening manfaatlarimni himoya qilayotgan ProSports Management kompaniyasi bilan muloqot bo‘lgan. Menga aytishlaricha, umumiy holat  va ayrim ma’lumotlarga qiziqishgan. Lekin biz bunga xotirjam va tushungan holda munosabatda bo‘lamiz, bu hadi hech narsani anglatmaydi.

Hozir  bor e’tiborim TsSKAga qapatilgan. Biroq “Bavariya” yaxshi variant, albatta.

— Sen orzu qilgan klubing “Barselona” ekanini aytganding. Shundan kelib chiqib, “Real” seni olib ketmoqchi bo‘lsa, rad etasanmi?

— Rozi bo‘laman, albatta,  kim “Real”ga bormaydi. Lekin “Barselona” baribir orzu. Bolaligimda Xosep Gvardiolaning “tiki-takasi” muxlisi edim. Hozir ularda inqiroz, lekin bu o‘tib ketadi, deb o‘ylayman.

2023_10_21_026

— O‘zing top chempionatlarga o‘tishga tayyorman, deb his qilyapsanmi yoki hali ertami?

— Buni hech kim bilmaydi, faqat vaqt ko‘rsatadi. Men jismonan kuchayshim, baquvvatroq bo‘lishim kerak.  Taktik jihatdan ham qo‘shish kerak. Rivojlanishda davom etsam, hammasi yaxshi bo‘ladi.

Shomurodov muhim taklif kutyapti

Fayzullaevga katta baho berildi

Shomurodov haqida so‘nggi ma’lumot!

Fayzullaevga erkinlik bering!

Fayzullaevni 60 million evrolik yulduzga tenglashtirishdi

O‘zbekistonda yana xorijga ketishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar bormi?

O‘zbek futbolchilari legionerga aylanishga tayyor

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Хамид
01/03/2024 18:59
Шу боланиям синдиришасан сен "журналист"чалар
&
Азизжон
01/03/2024 15:17
Сарлавхани ёриворипсиз брат