Fayzullaev qishda TsSKAdan Evropaga ketishi kutilyapti

  • 13 dekabr, 2023, 11:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futbolining taniqli ekspertlaridan biri, TsSKA klubining sobiq futbolchisi Valeriy Masalitin jamoaning bugungi kundagi etakchisi Abbosbek Fayzullaev yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida kuchli klublardan biriga o‘tishini ta’kidladi.

Tecno

2023_10_29_055

- Fayzullaevning 2023 yilning eng yaxshi yosh o‘yinchilari nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblik uchun kurashadigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgani uning o‘ziga ham, TsSKAga ham katta plyus bo‘ladi.

“Armiyachilar” mana shunday iste’dod egasini topa olgan va uni jamoaga olib kelishni uddalagan.  Bu selektsiya xizmati zo‘r ishlaganidan dalolat beradi.

Nominatsiyasida yutib chiqish uchun Abbosning imkoniyatlari past. Chunki Jud Bellingem umuman boshqa saviyadai o‘yinchi va shunday o‘ynashda davom etsa, tez orada “Oltin to‘p”ni ham oladi.  Bugungi kunda Bellingemga teng keladigan futbolchi yo‘q.

Fayzullaev ham porlagani va o‘ziga xalqaro ekspertlar e’tiborini qaratganini ta’kidlashimiz lozim. Endi unga talab oshadi va tez orada yaxshi takliflar ham kelib tushadi. Hamma uning o‘ziga bog‘liq.Balki, uning TsSKAdan transferi qishda amalga oshirilar.  

Lekin men Fayzullaevning yana hech bo‘lmaganda bir yarim mavsum Premer-ligada qolishi va o‘sishini istayman, - dedi Valeriy Masalitin.

Rossiyalik futbol ishqibozlari ham Abbosbek Fayzullaevning transfer qilinishi mumkinligini ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilmoqda.

Sports.uz portali o‘zbekistonliklik futbol ishqibozlari e’tiboriga rossiyalik muxlislarning fikr-mulohazalaridan ayrimlarini havola etadi.

Nikokor:

Fayzullaevga hech bo‘lmasa, shu mavsumni tugatib olish imkoniyatini bering. Keyingi mavsumga qolsa ham yaxshi bo‘lardi.

Zenitnevsky:

Fayzullaevning mahorati borligi ko‘rinib turibdi. Ayniqsa, zo‘r pas berishni yaxshi o‘zlashtirgan.

Solarcross71:

Abbosbek ketgani yaxshi. TsSKAda sakkizinchi o‘rin uchun kurashib yurganidan, boshqa ligaga o‘tgani ma’qul.

Serg100555:

Ayrim ekspertlar Fayzullaev qishda TsSKAdan transfer qilinishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Agar bu amalga oshsa, TsSKA musobaqa jadvalida yanada quyi o‘rinlarga sho‘ng‘iydi.

Mau:

Mening fikrimcha, jamoani Abbosbek Fayzullaev va Fyodor Chalov atrofida shakllantirish kerak.

Zenitnevsky:

Fayzullaev transferidan keladigan pullarga bir necha braziliyaliklarni olib kelishadi hali.

Kvadrat21:

Fayzullaev kuchli o‘yinchi!

Evgenij90:

O‘zi shundoq ham jamoaga o‘yinchi etishmayapti. Qishda asosiy futbolchilardan birini qo‘yib yuborsak, mavsum oxirida TsSKAning jadvaldagi joyi yanada past bo‘ladi. Murabbiyni ayblashni to‘xtating. Tarkibga bir qarang, o‘ynaydigan kim qolyapti?

Rus11111:

Agentlar Fayzullaevni Evropaga otlanishga chaqirayotgan ko‘rinadi. Uni ushlab qolish juda qiyin bo‘ladi. Klub ham yaxshigina pulga muhtoj.

MAN7831

Ffm:

Agar Xvicha Kvaratsxeliya 85 million evroga baholanayotgan bo‘lsa, Abbosbekning narzi 50 million evrodan kam emas.

Tezkor: Fayzullaev Jud Bellingem bilan birga jahonning eng zo‘r yosh o‘yinchisi sovriniga da’vogar!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
13/12/2023 17:06
Bizda Oston Urunov bor shuni olinglar Abbosni qo‘yib yuboringlar Oston bemalol Abbosni yo‘qligini bildirmaydi garchi pozitsiyalari boshqa boshqa qanotda o‘ynasa ham
&
Камбарали дехконов
13/12/2023 09:55
Цскада уйнаб яна махоратини оширса яхшию.Рассия кулибларида Европага трансфер такики хам бор шекили.
13/12/2023 10:33
Тўғри бу тарафи ҳам бор.
14/12/2023 14:41
Ketgani yaxshi. Abbos Yevropaga Özbekler uçun yöl oçadi.