Fayzullaev otlan, Evropaga ketadigan payt keldi!

  • 17 dekabr, 2024, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Abbosbek Fayzullaev individual sovrinlarni yig‘ishda davom etmoqda. Yaqinda Osiyoning 2024 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lgan legionerimiz edi O‘zbekistonda eng yaxshi futbolchiga atalgan sovrinni qo‘lga kiritdi.

Tecno

21 yoshli hujumkor futbolchimiz mamlakatimiz miqyosidagi ushbu nufuzli sovringa ketma-ket ikkinchi bor ega chiqdi.

Rossiya va O‘zbekiston futbol ekspertlari Abbosbek Fayzullaevning yutuqlariga munosabat va faoliyatini Evropada davom ettirishi bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi.

Dmitriy Xamuxa, TsSKA va Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi:

- Abbosbek Fayzullaevning yilning eng yaxshi futbolisi nominatsiyada g‘olib chiqqani uning O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida o‘zini yaxshi ko‘rata olayotgani bilan bog‘liq. Shuningdek, u Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida ham, bizning Premer-ligamizda ham yaxshi o‘ynab keldi.

Bu muvaffaqiyatlarda uning iqtidorini ochib bergan TsSKA jamoasining ham hissasi borligi shubhasiz. Fayzullaev  Rossiyada yorqin darajada porladi.

Abbos chempionatni yuqori darajada yakunlashi, o‘zining eng yaxshi hislatlarini namoyish qilishi lozim. Shunda unga Evropadan yaxshi takliflar bo‘ladi. Qishda TsSKAdan ketishining ehtimoli kam. Biroq agar TsSKAni qoniqtiradigan yaxshi taklif tushsa, bu transfer qishda ham yuz berishi mumkin. Lekin menimcha, Fayzullaev jamoani yozda, chempionat yakunlanganidan keyin tark etadi.

Ja’far Irismetov, “Spartak Moskva” va O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi:

- Abbos ikk yildan beri yuqori saviyada o‘ynayapti va bu sovrinlarning hammasi munosib tarzda qo‘lga kiritildi. “Lans”da o‘ynayotgan Abduqodir Husanov ham bor. Afsuski, bir sovrinni ikkiga bo‘lib berib bo‘lmaydi. Bu borada sovrinlar ko‘proq hujumkor futbolchilarga nasib qiladi.  

Ularning har ikkisi ham hali yosh va hali ko‘p bor mamlakatning eng yaxshi futbolchisi nomini bo‘lishib oladi.

Abbosning o‘ziga kelsak, u TsSKAning natijalariga ta’sir o‘tkazadigan darajada etgan, ayniqsa, jamoa o‘yinlari qovushmayotgan pallada, g‘alabalarga juda katta hissa qo‘shib kelmoqda. Endi oldinga qadam tashlaydigan va Evropani zabt etadigan payt keldi.

Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 21 yoshli legionerga Frantsiyaning “Monako” va Ispaniyaning “Real Sosedad” kabi klublaridan jiddiy qiziqish bo‘lyapti.

Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali ekspertlari Abbosbek Fayzullaevning transfer summasini 8 million evro miqdorida baholamoqda.

Fayzullaev jamoasiga kutilmagan xushxabar!

Ana xolos: Fayzullaevga “top-5” ligalariga bormaslik tavsiya qilindi!

Kim tezkor: Shomurodov yoki Dibala? (foto)

Eldorni nimalar kutmoqda? Shomurodovga oid so‘nggi yangiliklar

Fayzullaev, Ispaniyani tanla!

Katta pul kerak: Husanov “Lans”ni qutqaradimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!