
Fayzullaev jamoasiga kutilmagan xushxabar!
Yaqinda FIFA Rossiya klublarining bir nechtasiga transfer ta’qiqlarini qo‘ygan edi. Xususan, Abbosbek Fayzullaev o‘ynayotgan TsSKAning oldindagi uchta transfer oynasida yangi o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib olishi cheklangandi.
FIFA tomonidan TsSKAga ta’qiq qo‘ygan qo‘yilgan sana Abbosbek Fayzullaev uchun Frantsiyaning “Monako” jamoasi 15 million evro to‘lashga tayyor ekani va Ispaniyaning “Rea Sosedad” jamoasi legionerimizni olish maqsadida kurashga qo‘shilgani haqidagi ma’lumotlar chiqqan vaqtga to‘g‘ri keldi.
Buni inobatga olgan muxlislarning aksariyati FIFA ta’qiqi Fayzullaevning transferiga ham ta’sir qilishi mumkin, degan xavotirga tushib qoldi.
Keyinchalik soha mutaxassislari xalqaro tashkilot ta’qiqi faqat yangi o‘yinchilarni transfer qilish va ularni musobaqalarga ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha amal qilishi va chiqish transferlariga daxli yo‘qligini ta’kidlab, vaziyatga oydinlik kiritdi.
Endi bir necha manbalar FIFA tez orada, ya’ni 2024 yil oxirigacha TsSKAdan bu cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha qaror chiqarishini ma’lum qildi.
Gap shundaki, Moskva klubiga transfer ta’qiqi qo‘yilishiga TsSKAning “Xerenven” jamoasi oldida qarzdorlik vujudga kelgani sabab bo‘lgandi. “Armiyachilar” Niderlandiya klubidan Chidera Edjukini transfer qilgan va to‘lovning umumiy summasidan 3,1 million evroni o‘tkazishga ulgurmagan.
Bunga Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi qurolli majora oqibatida Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan sanktsiyalar sabab bo‘lgan. TsSKA Niderlandiya klubi hisob raqamiga pul o‘tkazib berish yo‘lini topa olmagan.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Xerenven” klubi rahbariyati Niderlandiya hukumati bilan TsSKAdan pul tushirish sxemasini muvofiqlashtirib oladigan bo‘ldi. Bu masalaga echim topilishi bilan TsSKA 3.1 million evro miqdordagi qarzini to‘laydi va qarzdorlik yopilishi bilan FIFA o‘z ta’qiqini avtomat ravishda bekor qiladi.
TsSKA rahbariyati qarzdorlik masalasi imkon qadar tezroq hal etilishiga umid qilyapti. Chunki “armiyachilar” qishki transferlar davrida tarkibni kuchaytirish bo‘yicha ish olib borishni rejalashtirgan edi.
Rossiya Premer-ligasida qishki transferlar oynasi 2025 yilning 23 yanvaridan 21 fevraligacha davom etishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev TsSKA safida 2023 yilning avgustidan beri o‘ynab kelmoqda. Uning transferi “Paxtakor”ga 500 ming evro olib kelgan.
Bugungi kunda 21 yoshli legionerimizning transfer summasi 8 million evroga baholanmoqda va Abbos TsSKAning eng qimmatbaho uch o‘yinchisidan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, Fayzullaev Markaziy Osiyoning eng qimmat ikkinchi futbolchisidan biridir. Mintaqada faqatgina “Lans” himoyachisi Abduqodir Husanov (12 million evro) undan qimmat baholangan.
Ana xolos: Fayzullaevga “top-5” ligalariga bormaslik tavsiya qilindi!
Kim tezkor: Shomurodov yoki Dibala? (foto)
Eldorni nimalar kutmoqda? Shomurodovga oid so‘nggi yangiliklar
Katta pul kerak: Husanov “Lans”ni qutqaradimi?
Fikrlar