Fayzullaev Evropadan kuchli ligani tanladi!

  • 1 iyun, 2024, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘ziga ishongan har bir futbolchining orzusi Evropaning “top-5” ligalarida to‘p tepishdan iborat. O‘zbekistonlik charm to‘p ustalaridan hozircha ikki nafari kuchli beshlik chempionatlarida o‘ynayapti.

Tecno

Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasida beshinchi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsa, Abduqodir Husanov Frantsiya oliy divizionida debyut mavsumini ancha yaxshi saviyada o‘tkazdi.

Evropaning top-klublarida o‘ynash salohiyatiga ega futbolchilarimiz orasida Abbosbek Fayzullaev tilga olinmoqda. Mavsum davomida 20 yoshli futbolchimizni “Bavariya” va “Parma” kabi mashhur klublar kuzatayotgani haqida xabarlar tarqatilgandi.

Abbosbek Fayzullaevning o‘zi jurnalistlar bilan suhbatda qaysi ligani ma’qul ko‘rishini aytdi.

Sports.uz portali Abbosbek Fayzullaev interyusini o‘zbekistonlik futbol muxlislari e’tiboriga havola etadi.

— Chililik Viktor Davila bilan o‘zaro do‘stligingiz qanday paydo bo‘ldi? Mashg‘ulotlardan tashqari ham birga vaqt o‘tkazishlaring mumkinmi?

— TsSKA jamoasida dastlabki yilimiz bo‘lgani uchun bir birimiz bilan yaxshi chiqishib ketdik. Men ispan tilini o‘rganishni istayman, u esa inglio‘ tilini. Shuning uchun bir birimizga yordam beryapmiz.

— Nima deb o‘ylaysan, Chempionlar ligasining favoriti qaysi jamoa?

— Men “Borussiya” sovrin yutishini istayman, lekin “Real” g‘alaba qozonadigandek. Shunchaki yangi jamoa g‘olib bo‘lishini xohlayapman.

— Evropa chempionatlarida kuchingni sinab ko‘rish niyating bormi?

— Albatta, Evropaning top-klublarida o‘ynash orzusi bor, faqat vaqti kelganda. Hozir TsSKA bilan shartnomam bor. Men kelishuv va klubni hurmat qilaman.

— Senga qaysi evropa chempionati ma’qulroq?

— Ispaniyaniki, chunki texnikaga asoslangan.

— TsSKAdan La Liga klubiga o‘tishni maqsad qilib qo‘yganmisan?

— Maqsadlarim katta. Albatta, vaqti kelganda top-klubga o‘tishni istayman.

Abbosbek Fayzullaev yakunlangan mavsumda Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogida jami 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga beshta gol kiritdi va jamoadoshlariga 14 marotaba golli pas uzatdi.

Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.world portali 20 yoshli hujumkor futbolchimizni 5 million evroga baholamoqda. Bu borada Abbos kuchli beshlik chempionatlaridagi eng tajribali legionerimiz Eldor Shomurodov bilan birga eng qimmat o‘zbek futbolchisi hisoblanadi.

Ana xolos: TsSKA bosh murabbiyi Fayzullaev transferini hohlamagan ekan!

10 million evro Fayzullaev uchun kam! Yaxshigina xarajat qilishsin!

9 ta jamoa bosh murabbiylari Fayzullaevni tanladi!

Fayzullaev nufuzli jamoadan joy oldi!

Shomurodov va Husanovda nima gap?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
01/06/2024 09:37
Сарлавханиям с....иб куясизлар-да.
01/06/2024 22:35
Бу SPORTS Uz. нашрига теккан касаллик, ёки саводнинг "ғовлаш"и.