
Fayzullaev: "Bu hali uzoq bir yo‘lning boshlanishi"
20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi sohibi, yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchisi, O‘zbekiston U-20, U-23 va milliy terma jamoalarida ishonchli o‘yin ko‘rsatib kelayotgan yosh iqtidor egasi — Abbosbek Fayzullaev “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovriniga loyiq deb topildi. Bu haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ushbu sovrinni qo‘lga kiritish sharafini so‘z bilan ta’riflab bera olmayman. Barcha jamoadoshlarimga, hodimlarga, klubdagi hamda terma jamoadagi murabbiylar shtabiga hamda eng avvalo siz muxlislarga va oilamga rahmat aytmoqchiman.
Bu hali uzoq bir yo‘lning boshlanishi", - deb yozdi Fayzullaev.
Fayzullaev bu borada Oston Urunovni 3 ballga ortda qoldirdi.
Fikrlar