
Fayzullaeav: "Bu bosqichda xatolar kechirilmaydi"
"JCh-2026" saralashning uchinchi bosqichiga kecha start berildi. Dastlabki turda hamyurtlarimiz KXDR ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi.
Terma jamoamizning yosh iqtidori Abbosbek Fayzullaev kechagi o‘yin va ushbu bosqich haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Barchani kechagi g‘alaba bilan tabriklayman. Kechagi bahs qiziqarli va qiyin o‘tdi. Raqiblarimiz ham juda yaxshi harakat qilishdi. Ularning yaxshi qarshilik ko‘rsata olishdi. Muhimi g‘alabaga erishdik va uch ochkoni qo‘lga kiritdik.
Barchasini hal qiluvchi bosqich boshlandi. Bosqich davomida xar bir jamoa barcha o‘yinda uch ochko uchun kurashadi. Shunday ekan xato va kamchiliklar kechirilmaydi, - dedi Fayzullaev.
Fikrlar