
Fayzullaev 158 nafar “futbolchi”ga qarshi o‘yinda ikkita gol urdi
TsSKA klubi Yangi yil bayrami munosabati bilan jamoaning asosiy tarkibi va akademiya tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil qildi.
Bayromana ruhda o‘tgan uchrashuvda asosiy tarkibdan nafar futbolchi – darvozabon Vladislav Torop, o‘yinchilardan Villian Rosha, Matvey Lukin, Danil Krugovoy va Abbosbek Fayzullaev ishtirok etdi. Ular bellashuvda qorbobo kiyimida to‘p tepdi.
Professionallar akademiyaning 158 nafar tarbiyalanuvchilariga qarshi o‘ynadi. Uchrashuv 3:2 hisobida bolakaylar foydasiga hal bo‘ldi.
TsSKA asosiy tarkibning ikkala golini ham Abbosbek Fayzullaev kiritdi.
Bu bahsda akademiyachilar darvozani o‘n nafar darvozabon qo‘riqladi.
Uchrashuv lavhalarini quyidagi link orqali tomosha qilishingiz mumkin.
https://rutube.ru/video/0790e0e7a36c39208dccc59ad3f72681/?r=plemwd
Fikrlar