Fayzullaev, rostini ayt, nima bo‘ldi?

  • 28 sentabr, 2024, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasining 10-turidan o‘rin olgan TsSKA va “Axmat” jamoalari uchrashuvida o‘yin  qahramoni Abbosbek Fayzullaev bo‘ldi.

Tecno

Bellashuvning dastlabki daqiqalarida “armiyachilar”ning o‘ng qanot hujumchisi Rifat Jemaletdinov jarohat olib maydonni tark etganidan keyin Fayzullaev chap qanotni Tamerlan Musaevga qoldirib, o‘zi o‘ng qanotga ko‘chib o‘tdi.

Bosh murabbiy Marko Nikolichning bu ko‘rsatmasi legionerimizning universal o‘yinchi ekani va hujum chizig‘ining istalgan nuqtasida o‘ynay olishi bilan izohlanadi.

Abbosbek o‘ng tomonda ham faol o‘ynadi va 19 daqiqaga kelib, jarima maydonchasi tashqarsidan aniq zarbi bilan hisobni ochdi.

Gol urganidan keyin ham 20 yoshli futbolchimiz bir qator xavfli hujumchilar uyushtirib, jamoadoshlari uchun qulay vaziyatlar yaratib berdi.

TsSKA vakillari tanaffusga ketish oldidan Kellvenning goli evaziga hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi.

O‘yinning kulminatsion va hal qiluvchi pallasi 50-daqiqaga to‘g‘ri ko‘ldi. Abbosbek Fayzullaev markazi hujumchi pozitsiyasiga o‘tdi. Qanotdan uzatilgan to‘pga legionerimiz va raqib himoyachisi Darko Todorovich tashlandi.  To‘p darvoza to‘ridan joy oldi.

Bu vaziyat bir necha bor takroran ko‘rilganida ham to‘pga kim teginganini aniqlab bo‘lmadi. Ko‘pchilik Abbosni dubl bilan tabrikladi.

Uchrashuvdan keyin o‘yin haqidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashgan Abbosbek Fayzullaev o‘sha vaziyatga aniqlik qiritdi.

- Uchinchi gol urilgan vaziyatda men to‘pga tekkanim yo‘q. Darko Todorovich uni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.

Men mavsumdagi birinchi golimni uzoq kutgandim. Uchinchi goldan keyin baribir biroz bo‘shashib qoldik.

Yaxshiyamki, futbol bizni jazolagani yo‘q va “Axmat” futbolchilari esa gol ura olmadi, - dedi Abbosbek Fayzullaev.

Abbosbek Fayzullaev uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Avvalgi mavsumda bir necha bor individual sovrinlar sohibi bo‘lgan hamyurtimiz yangi chempionatda birinchi marotaba rasman uchrashuv qahramoni sifatida taqdirlandi.

20 yoshli legionerimiz yangi mavsumda Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasida jami 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga bitta gol va beshta assist rasmiylashtirdi.

TsSKA Premer-liga doirasidagi navbatdagi uchrashuvini 6 oktyabr kuni “Dinamo” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bu o‘yinga raqib mezbonlik qiladi.

Ungacha “armiyachilar” Rossiya kubogi guruh bosqichi doirasida safarda “Njniy Novgorod” jamoasi bilan kuch sinashadi. Mazkur uchrashuv 1 oktyabrga belgilangan.   

Fayzullaev “yondirdi”: Abbosdan supergol! Miralem Pyanich, nima deysan?

Italiya chempioni Fayzullaevga yordam beradi...

Frantsiyada o‘zbek futbolchisiga e’tibor qaratishdi!

Yurich uch futbolchini tarkibga kiritmadi: Shomurodov “Evro-2024” qahramoni Niko Uilyamsga qarshi o‘ynaydimi?

Rossiyada legionerimizni nega o‘ynatishmayapti?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!