Fayzullaev, Husanov va Abdurahmatov. "Transfermarkt" Osiyo kubogida qatnashgan 3 nafar futbolchining narxi "uchdi"

  • 21 fevral, 2024, 15:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Transfermarkt" portali Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida yaxshi ishtirok etgan futbolchilarning narxini yangiladi. O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi ham bu borada o‘sishga erishdi. 

Tecno

Moskvaning TsSKA klubi vingeri Abbosbek Fayzullaevning narxi 1 million evroga yuqorilab, hozirgi narxi 5 millionga etdi. "Lans"  safida harakat qilayotgan legionerimiz Abduqodir Husanovga 500 ming evro qo‘shildi va uning narxi 2 millionga etdi.

"Nasaf" himoyachisi Zafarmurod Abdurahmatovga esa 150 ming qo‘shildi va endi uning narxi 500 ming evro.

qrtvil

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!