Favqulodda vaziyatlar vazirligi faxriylari yodgorligi yonida sparring o‘tkazgan MMA jangchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

  • 5 dekabr, 21:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi faxriylari haykalidan foydalanib mashq qilgan aralash yakkakurash ustasi Zaur Ismoilovga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Moskva bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

“Ismoilovga nisbatan "Harbiy qabrlarni, shuningdek, yodgorliklar, stelalar, obelisklar yoki Vatanni va uning manfaatlarini himoya qilish yo‘lida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan ob’ektlarni yo‘q qilish, shikastlash yoki tahqirlash” jinoyati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi”, - deya Moskva matbuot xizmatining bayonotini keltirdi "RIA Novosti" agentligi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!