
Fati faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
"Barselona" yozda Ansu Fatini Angliya premer-ligasiga sotishi mumkin.
"Sport" nashri xabariga ko‘ra, futbolchining agenti Xorxe Mendesh "ko‘k-anorranglilar" rahbariyatiga Angliya premer-ligasi klubi yaqin orada Ansu uchun 70 million evro taklif qilishini aytgan. Klub nomi ochiqlanmagan.
Fati avvalroq muntazam o‘yin amaliyoti yo‘qligiga qaramay, "Barselona"da qolish istagini bildirgan edi. "Manchester Yunayted" Ansu uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rildi.
Eslatib o‘tamiz, Fati joriy mavsum Ispaniya chempionatida 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar