Farhod "Everton"ga Beyl va Remzini olib kelmoqchi

  • 1 aprel, 2020, 14:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Everton” mavsumlar oralig‘ida o‘z tarkibini ancha kuchaytirib olishni maqsad qilgan. Aniqrog‘i, mersisaydliklar “Yuventus” xavbeki Aaron Remzi hamda “Real” vingeri Garet Beylni sotib olishmoqchi.

Tecno

90min.com tarqatgan xabarga qaraganda, ushbu ikki uelslik futbol yulduzlarini shaxsan jamoa prezidenti Farhod Moshiri “Gudisson Park”da ko‘rmoqchi. Eronlik milliarder shu tariqa “Everton”ning avvalgi mavqeini tiklamoqchi. O‘z navbatida Remzi ham, Beyl ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.

29 yoshli Remzi joriy mavsum “Yuventus” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi 35 mln evroga baholanmoqda.

“Real” safida 18 ta o‘yinda ishtirok etgan 30 yoshli Beyl hisobida esa 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma mavjud. Uning bozor narxi 40 mln evroni tashkil etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!