Farhod Bekmurodov - "Qizilqum" futbolchisi!

  • 30 yanvar, 11:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Farhod Bekmurodov "Qizilqum" jamoasi futbolchisiga aylandi. Bu haqda Navoiy klubi matbuoti xabar berdi. 

Tecno

"O‘tgan yili "Andijon" tarkibida mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan, 2018 yil "Lokomotiv" jamoasi bilan O‘zbekiston chempioni bo‘lgan mahoratli yarim himoyachi Farhod Bekmurodov endilikda "Qizilqum" sharafini himoya qiladi. Futbolchi va klub o‘rtasida bir yillik shartnoma imzolandi", - deyiladi xabarda. 

Ma’lumot uchun, Bekmurodov 1994 yilda tug‘ilgan. "Andijon" va "Lokomotiv"dan tashqari "Qo‘qon-1912", "Metallurg"da ham o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!