
Farg‘onada Humoyun Sultonov yolg‘iz qoldi
Yakkaliklar o‘rtasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Humoyun Sultonov ikkinchi davrada frantsiyalik Baptiste Krepatteni 6:3, 3:6, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi u chorak finalda amerikalik Evan Kingga qarshi bahs yuritadi.
Farg‘ona shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida "Chellenjer" turnirida yakkalik va juftlik bahslari davom etmoqda.
Juftliklar o‘rtasida esa Humoyun Sultonov tajribali tennischimiz Sanjar Fayziev bilan Xabibulin (Qozog‘iston) va Vladislav Manafov (Ukraina) juftligiga qarshi kortga chiqib, afsuski 4:6, 7:6, 3:10 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar