Faqat shu jamoaga o‘t! Gvardiola Xolandga yangi jamoa topib berdi

  • 18 dekabr, 2024, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland klubdan ketishi mumkin. Norvegiyalik hujumchi Ispaniya chempionatida to‘p tepish fikridan qaytgani yo‘q.

Tecno

24 yoshli futbolchiga ispan grandlaridan “Real” ham, “Barselona” ham da’vogarlik qilmoqda.

“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola va jamoa etakchisi Ilkay Gyundog‘an Xolandga agar La Liga bormoqchi bo‘lsa, qaysi jamoani tanlash bo‘yicha tavsiya berdi.

El Chiringuito nashri jurnalisti  Jota Jordining yozishicha, ular Xolanddan “Barselona”ni tanlashni so‘ramoqda. Ular buni Erling Xoland Kataloniya klubida asosiy yulduz bo‘lishi bilan izohladi. “Real”ga o‘tadigan bo‘lsa, Erlingga asosiy yulduz maqomi berilmaydi, Madrid klubi yulduzlar bilan to‘lib toshgan.

Xolandning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha davom etadi. Biroq uning bitimida hujumchini 2025 yilning yozida transfer qilish mumkinligi haqida band bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!