Faqat Eldor mardlik qildi. “Budyo-Glimt” futbolchilari nega Shomurodovdan hayratga tushdi?

  • 23 oktabr, 2021, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichida “Roma”ni 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Norvegiyaning “Budyo-Glimt” jamoasining rossiyalik darvozaboni Nikita Xaykin uchrashuvdan olgan taassurotlari haqida gapirar ekan, Eldor Shomurodovning o‘zini tutishi ularni hayratga solganini alohida ta’kidladi.

Tecno

Aytish joizki, bu uchrashuv norvegiyaliklar uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘tgan yili ilk marotaba Norvegiya chempionligini qo‘lga kiritgani uchun UEFA tasnifidagi musobaqada birinchi bor qatnashayotgan ushbu jamoa o‘zgacha ishtiyoq bilan to‘p surmoqda.

adcdd54966e217146f5e98ce8167df86-0275-kdk--1081x611@Gazzetta-Web_1081x611

O‘yin oldidan hamma “Roma”ning g‘alabasini kutgan edi. Rimlik futbolchilarning o‘zi ham, bosh murabbiy Joze Mourino ham o‘z kuchiga ishongani tabiiy. Yo‘qsa, portugaliyalik mutaxassis o‘yinda zaxira futbolchilarini ilk daqiqalardan o‘ynatmas edi va uchrashuvga jiddiyroq e’tibor qaratardi.

Futboldan ko‘ra qishki sport turlari ancha ommalash mamlakat vakilini qudratli “Roma”ni parchalab tashlashi bir qarashda aqlga sig‘maydigan holat. Joze Mourino uzoq yillardan beri murabbiylik qilayotgan bo‘lsa, u boshqargan birorta jamoa shu kungacha oltita to‘p o‘tkazmagandi. Bu mag‘lubiyat Mourino va “Roma” reputatsiyasiga jiddiy zarba bo‘ldi.

Jamoani qo‘llash uchun Norvegiyagacha kelgan sadoqatli muxlislar bilan ham munosabat buzildi. Ular bu muvaffaqiyatsizlikni hazm qila olmadi va futbolchilarning uzrini qabul qilmadi.

Shu bois, “Roma” futbolchilari qaqshatqich mag‘lubiyatni juda og‘ir qabul qildi. Kayfiyat yo‘q, hammasi g‘azabda, alamzada. Mezbonlar esa, atigi 45 ming aholisi bor Budyo shaharchasiga kelgan birinchi mashhur klub vakillaridan esdalik olish ilinjida. Biroq, mehmonlar shu kuni g‘olib tomon bilan futbolka almashtirmadi.

Faqatgina Eldor Shomurodov mag‘lubiyatni tan olish ham mardlik ekanini namoyish qildi.

- Eldor Shomurodovga alohida rahmat aytamiz. O‘yindan keyin o‘zini juda munosib va hurmatga loyiq tutdi. Yigitlarimiz “Roma”ning ko‘p futbolchilari bilan futbolka almashtirishni istagan edi. Lekin bunaqa natijadan keyin ularni bunga ko‘ndirishning imkoni bo‘lmadi. Men Eldorning oldiga kelib, u bilan gaplashdim va u futbolchilarimizga bir nechta futbolka olib chiqib berdi, - deydi Nikita Xaykin.

49501183-10119515-image-a-21_1634886781188

Darhaqiqat, Shomurodov bilan ishlagan murabbiylar, futbolchilar, mutaxassis, hamyurtimiz bilan muloqotda bo‘lgan jurnalistlar uning professional jihatlaridan tashqari, insoniylik fazilatlari, odob-axloqi, xulqi, o‘zini tutishi, mehnatkashligi, kamtarinligini ham alohida e’tirof etishadi.

Raqib darvozabonining gaplaridan Shomurodov Norvegiyadagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng ham o‘zining eng yaxshi taraflarini ko‘rsata olgani ahamiyatlidir. Bu xalqimizga xos tarbiya mahsulidir.

Norvegiyaliklar bu uchrashuvni uzoq vaqt eslab yuradi. Biroq, futbol o‘z yo‘liga. “Budyo-Glimt” futbolchilari esa o‘zbek yigitining murakkab vaziyatda bo‘lishiga qaramay, o‘zlariga qilgan do‘stona munosabatini hech qachon unutmaydi. Eldor o‘z xatti-harakatlari orqali o‘zbek xalqining bag‘rikenligini namoyish qildi va norvegiyaliklarning e’tibori, e’tirofi va ehtiromini qozondi.

Omadingni bersin, Shoma!

Mag‘lubiyat alam qildi va Mourino “Roma”ning yarim tarkibini haydayapti!

“Roma” fanatlari Shomurodov va jamoadoshlarining "po‘stagini qoqdi"!

Legionerimiz jamoasiga yordam berolmaydi, ustozi esa klubni tark etadi!

Shomurodovga yanada qiyin bo‘ladi. Mourino Angliyadan yana bir yulduz hujumchini olmoqda!

Mourino: Konor MakGregorga yo‘q deyolmadim!

Shomurodov zimmasidagi ishni Pellegrini bajarmoqda!

Evropadagi legionerlarimiz: Alamli mag‘lubiyat, bitta gol va tuzalmagan jarohat!

Aqling bo‘lsa, “Roma”ga o‘t!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ганишер
23/10/2021 15:06
Нимагадир Элдорни омади келмаяпди, хечқиси йуқ, хали хаммаси олдинда,олга Шома олга..
Ал-химик
23/10/2021 13:07
Гол уриш керак Шома гол, футболка кўтариб юриш эмас