FAKT! "So‘g‘diyona" oxirgi g‘alabasini qo‘lga kiritganida "Dinamo" hali Superligada o‘ynardi
Superliga 6-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda poytaxt klubi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, jizzaxliklarning Superligadagi g‘alabasiz seriyasi 17 ta o‘yinga etdi. So‘nggi marta "bo‘rilar" 11 avgust kuni "Dinamo"ni engishga muvaffaq bo‘lgandi - 1:2. Shundan so‘ng o‘tkazilgan 17 uchrashuvda 6 durang va 11 mag‘lubiyat qayd etilgan.
Yanada qizig‘i, o‘sha paytda mag‘lub etilgan "Dinamo" jamoasi hozir Pro-ligada harakat qilmoqda. Boshkovich "So‘g‘diyona"da ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi, chog‘i.



Fikrlar