
FAKT! "Real" EChLdagi 108-raqibini mag‘lub etdi
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasida Madridning “Real” klubi safarda Portugaliyaning “Braga” jamoasi bilan o‘ynadi. Uchrashuv 2:1 hisobida Karlo Anchelotti shogirdlarining g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Squawka" nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" ushbu turnirdagi 108-raqibini mag‘lub etdi. Bu mutlaq rekorddir.
Ma’lumot uchun, uch turdan so‘ng Madrid klubi guruhda 9 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Keyingi turda "qaymoqranglilar" "Santyago Bernabeu"da “Braga”ni qabul qiladi. O‘yin 8 noyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar