Fabregas "Chelsi"dan nega ketganini aytdi

  • 13 aprel, 2019, 23:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Monako" klubi yarim himoyachisi Sesk Fabregas nega "Chelsi"dan ketganini aytdi.

Tecno

“Men “Chelsi”da qolishim ham mumkin edi, ammo, jamoaga yangi murabbiy xuddi o‘z o‘g‘lidek ko‘radigan futbolchisi bilan keldi. Shundan so‘ng mening maydonga tushishim va xohlagan ishimni qilishim qiyinlashib qoldi. Men futbolni yaxshi ko‘raman. Lekin, shunchaki “Chelsi” uchun o‘ynashdan rohatlana olmayman”, - deydi ispaniyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Mauritsio Sarri yozda jamoa boshqaruviga kelgach “Napoli”dagi shogirdi Jorjinoni ham o‘zi bilan birga “Chelsi”ga olib kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!