
Fabio Kapello Xosep Gvardiola, "Liverpul" va "Atalanta" haqida o‘z fikrlarini bildirdi
Jahonning eng taniqli murabbiylaridan Fabio Kapello "Manchester Siti" va "Liverpul" o‘rtasidagi APL chempionligi uchun kurash haqida gapirib o‘tdi.
"Gvardiola so‘nggi o‘n yillikda eng yaxshilaridan biri bo‘ldi va u shunday davom etadi deb o‘ylayman.
Endi raqobat kuchaydi va yuqori saviyali murabbiylar etishib chiqdi. Ammo Xosep rivojlanishda davom etadigan aqlli murabbiy.
"Barselona"dan ketganidan so‘ng u o‘z uslubini o‘zgartirdi. Gvardiolaning yangi uslubida tezkor futbol va hujum chizig‘ida ko‘proq hujumchilar o‘rin oldi.
Shuningdek, Italiyalik mutahassis "Liverpul" o‘yin uslubiga haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
"Liverpul" to‘pni yo‘qotganidan so‘ng darhol qaytarib olishga intiladi. Bu ularga maydonda raqibdan ko‘ra ko‘proq ustunlik beradi.
Bizning Italiyada tezlik yuqori emas. Biroq shunday jamoa borki, ularning o‘yin uslubi "Liverpul"nikiga juda o‘xshash. Bu Gasperini. Uning "Atalanta"si A seriyadagi eng evropalashgan klub", - deya aytib o‘tdi Kapello.
Fikrlar