
Fabino "Liverpul"ga kelasi 10 o‘yinda yordam bera olmasligi mumkin.
Angliya nashrlari xabariga ko‘ra, "Liverpul" yarim himoyachisi Fabino jarohat sabab 4-6 hafta davomida jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.
Braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasi guruh bosqichi "Napoli"ga qarshi o‘yinda to‘pig‘idan jarohat olgan edi. Futbolchi yaqin vaqtlar ichida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Agar birinchi ko‘rik natijalari o‘zgarmasa 26 yoshli yarim himoyachi "qizillar"ning eng tig‘iz taqvimida maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumot o‘rnida, Fabino mavsum davomida "Liverpul" libosida 19 o‘yinda maydonga tushgan va bitta gol kiritishni uddalagan.
Fikrlar