Evropaning “tilla bolasi” kim?

  • 17 iyun, 2020, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropada 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarga beriladigan “Golden Boy-2020” sovriniga nomzod 10 nafar futbolchining ro‘yxati e’lon qilindi.

Tecno

Mutaxassislar sovringa asosiy da’vogarlar sifatida “Borussiya” forvardi Erling Xoland, yarim himoyachisi Jeydon Sancho, “Barselona” futbolchisi Ansu Fati, “Chelsi” vakili Kallum Xadson-Odoi va “Bavariya” himoyachisi Alfonso Devisning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.

2019 yilgi sovrin portugaliyalik hujumchi Joau Feliksga nasib etgan. Bu futbolchi shu yilning o‘zida 126 million evro evaziga “Benfika”dan “Atletiko”ga ko‘chib o‘tgan.

Bu yilgi g‘olib nomi ham etakchi sport nashrlari jurnalistlarining ovoziga ko‘ra aniqlanadi. 15 oktyabr kuni hozirgi ro‘yxatdagilardan eng kuchli 20 tasining nomi e’lon qilinadi va ular orasidan eng yaxshi yosh futbolchiga ovoz beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!