Evropaning mashhur klubi Benzema bilan muzokara boshladi

  • 24 noyabr, 10:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karim Benzemaning nomi yana  “Olimpik Lion” jamoasi ofisida baralla yangray boshladi.  Frantsiyaning mashhur klubi o‘zi tarbiyalagan yulduzgi yana ortga qaytarish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

Benzema Saudiya Arabistoni Professional ligasida “Al-Ittihod” jamoasi sharafini himoya qilmoqda va joriy mavsum oxirida uning amaldagi shartnomasi tugaydi. Bu Karimning Evropa futboliga qaytishiga yo‘l ochadi.

O‘z navbatida, Benzema o‘z kelajagi haqida yakuniy qaror qabul qilmaganini aniq aytdi. So‘nggi bayonotlarida u Saudiya Arabistonidagi faoliyatini tahlil qilishda davom etishini va har qanday qadami uning shaxsiy va professional hayotiga mos kelishi kerakligini tushuntirdi.

Frantsiyadan kelgan xabarlarga ko‘ra, “Lion” rahbariyati “Oltin to‘p” sohibiga bir yarim yillik shartnoma va yana kelishuvni bir yilga uzaytirish imkoniyatini taklif qilishga tayyor.

Transfer bo‘yicha ekspertlar 37 yoshli forvard Evropaga qaytish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmasligini ta’kidlayapti.  Demak, yana bir yulduz Evropa futboliga qaytishi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!