Evropaning eng zo‘r yosh o‘yinchisi nomi e’lon qilindi
“Pari Sen-Jermen” va Frantsiya terma jamoasi o‘yinchisi Dezire Due Evropaning 2025 yildagi eng zo‘r yosh futbolchisi, deb topildi. Bu sovrin Tuttosport nashri tomonidan joriy qilindi.
- Frantsiyalik yosh ijrochi uchun fenomenal darajadagi zo‘r mavsum bo‘ldi. U “Pari Sen-Jermen” bilan barcha turnirlarda g‘olib chiqdi, - deyiladi tashkilotchilarning izohida.
2024 yili bu sovrin “Barselona” tarkibida porlagan Lamin Yamalga nasib qilgan edi.
20 yoshli Dezire Due o‘tgan mavsum davomida barcha turnirlarda 61 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvoo‘asini 16 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 16 marta golli pas uzatdi.
Due Parij superklubi tarkibida samarali o‘ynab, jamoaning ilk bor Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishiga hissa qo‘shdi. Bundan tashqari, Frantsiya chempionati va mamlakat Superkubogida zafar quchdi.



Fikrlar