Evropaga Argentinadan zo‘r hujumchi keladi

  • 21 noyabr, 2021, 13:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning ikki klubi – “Real” va “Atletiko” Argentina chempionatining eng yaxshi to‘purari Xulian Alvaresni transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, “Atletiko” skautlari anchadan beri “River Pleyt”  futbolchisining o‘yinlarini kuzatib keladi. “Qirollik klubi” esa hujumchi joriy mavsumda yorqin natija qayd etganidan keyin unga e’tibor qaratdi.  

Shuningdek, argentinalik hujumchiga “Milan”, “Fiorentina” va “Yuventus” jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida ham ma’lumotlar tarqatilmoqda.

“River Pleyt” 2022 yilning dekabrigacha shartnomaga ega futbolchini Evropaga jo‘natishga tayyor. Buning uchun “ko‘hna qit’a” klublari 25 million evro to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Alvares joriy mavsumda 30 ta bahsda qatnashib, 17 ta gol va 11 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!