Evropada fanatlar hakamlar o‘tirgan mashinani yoqib yubordi

  • 23 sentabr, 2021, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bosniyaning “Velej” jamoasining ashaddiy fanatlari uchrashuvdan keyin hakamlar o‘tirgan mashinani yoqib yubordi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Mostar shahrida uchrashuvda mahalliy “Velej” klubi “Borats Banya Luka” jamoasini qabul qilgan va uchrashuvda 0:2 hisobida ortda qolayotgan pallada maydonga hakam harakatlaridan norozi bo‘lgan  fanatlar yugurib chiqqan.

Mojaro tufayli o‘yin to‘xtatilgan va “Velej”ga mag‘lubiyat yozildi.

Uchrashuv bosh hakami Sabri Topalovich ikki yordamchisi bilan stadionni mashinada tark etgan. Mashina stadion tunneliga kirganida uning yo‘lini boshqa mashina to‘sib qo‘ygan va shu joyga etib kelgan muxlislar hakamlar avtomobilini pachoqlab, uni pirotexnik vositalar yordamida yoqib yuborgan.

Topalovich va uning yordamchilari mashina yonayotgan paytda undan chiqib qochib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, ulardan biri olgan jarohatlar tufayli shifoxonaga yotqizildi. Ayni paytda politsiya aybdorlarni qidirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!