
Evropa ligasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ladi?
UEFA rasmiy saytida Evropa ligasining 2019/20 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun 3 ta nomzodni e’lon qildi.
Ushbu nomga Ever Banega ("Sevilya"), Brunu Fernandesh ("Sporting"/"Manchester Yunayted") va Romelu Lukaku ("Inter") da’vogarlik qilmoqda.
Banega “Sevilya” safida Evropa ligasida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Yakunda esa jamoasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Brunu hisobida 10 ta o‘yinda 8 ta gol hamda 4 ta golli uzatma bor. 6 ta o‘yinda maydonga tushgan Lukaku raqiblari darvozasiga 7 ta gol urdi va jamoasining 2 ta goliga assistentlik qildi.
Fikrlar