
Evropa Ligasi ramziy jamoasi bilan tanishing!
SPORTS.uz yakuniga etgan Evropa ligasining guruh bosqichidagi eng yaxshi futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoani e’tiboringizga havola etadi.
Darvozabon
Aleksandr Selixov («Spartak»; Rossiya)
Evropa Ligasidagi birorta darvozabon Selixov singari jamoasining keyingi bosqichiga chiqishi uchun ko‘mak bera olmadi. Qahramonmiz o‘z darvozasiga aniq borgan 15 zarbaning 13 tasini bartaraf etdi. Vardi va Pekxartning 11 metrdan yo‘llagan zarbalarini olib chiqdi. Agar ularning birortasini o‘tkazib yuborganida, "Spartak" hozir guruhda 3-o‘rin bilan qolib ketgan bo‘lar edi.
Himoyachilar
Viktor Mozes («Spartak»; Nigeriya)
"Spartak" o‘z guruhida "Lester" va "Napoli"dan ko‘proq ochko jamg‘ardi. Shu bois, klubni bemalol o‘z bo‘yidan baland sakradi, desak bo‘ladi. Qahramonimiz guruhdagi asosiy raqiblarga qarshi o‘yinlarda 4 ta assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Bu esa, yakunda 1 o‘rin uchun eng muhim omil bo‘lib xizmat qildi.
Benua Badyashil («Monako»; Frantsiya)
"Monako" ancha murakkab guruhdan omon chiqishga muvaffaq bo‘ldi. PSV, "Real Sosedad" bilan to‘qnashuvlarda frantsuzlar yaxshiroq harakat qilgani rost. Benua yosh bo‘lishiga qaramay, maydonda ancha ishonchli ko‘rinmoqda. Endigina 20 yoshni qarshi olganiga o‘yinchi professional futbolda 100 o‘yin o‘tkazishga ulgurdi.
Markao («Galatasaray»; Braziliya)
Turklar "Marsel" va "Latsio" o‘rin egallagan guruhdagi ishtirokini mag‘lubiyatsiz yakunladi. 3 g‘alaba va 3 durang! "Galatasaray" 6 o‘yinda o‘z darvozasidan atigi 3 gol olib chiqdi xolos. Bunda Markaoning xizmatlari beqiyos.
Aaron Kressuell («Vest Xem»; Angliya)
"Bolg‘achilar" ELni ketma-ket 3 g‘alaba bilan boshladi. Aynan shu 9 ochko yakunda pley-off yo‘llanmasini olib berdi. U nafaqat himoyadagi aniq harakatlari, balki 3 ta asisstni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygani uchun ham bugungi ramziy jamoamizdan o‘rin egallamoqda.
Yarim himoyachilar
Djibril Sou («Ayntraxt F»; Shveytsariya)
"Burgutlar"ning maydon markazidagi harakatlariga javob beruvchi futbolchi klub tomonidan jamoaning EL guruh bosqichidagi eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etilgani bejiz emas. U chinakam pressing-mashina! U to‘p uchun kurashda faol bo‘libgina qolmay, kerak paytda hujumga ham qo‘shilishni a’lo darajada uddalamoqda. So‘nggi mish-mishlarga qaraganda, Ralf Rangnik uni "Manchester Yunayted"ga olib kelishni juda ham istamoqda.
Deklan Rays («Vest Xem»; Angliya)
Raysni bemalol EChL darajasidagi futbolchi, deyishimiz mumkin. APL grandlarining tushlariga kirib chiqayotgan yarim himoyachi uchun "Vest Xem" 100 million funt talab qilmoqda. Deklan Evropa Ligasining ilk ikki turida gol kiritib, jamoasi uchun muhim ochkolarni ishlab berdi.
Mirko Ivanich («Tsrvena Zvezda»; Chernogoriya)
«Tsrvena Zvezda» jamoasi guruh bahsida bor yo‘g‘i 6 gol kiritdi xolos. Ularning 2 tasi chernogoriyalik hujumkor yarimhimoyachi hisobiga yozildi. Guruhda Daniya va Portugaliya klublari bo‘lishiga qaramay, serb klubi turnirni pley-offda davom ettirish huquqini qo‘lga kiritdi.
Hujumchilar
Karl Toko Ekambi («Lion»; Kamerun)
Evropa Ligasining eng sermahsul futbolchisi bilan tanishing! Karl Toko Ekabmi 6 o‘yinda 6 gol va 2 assistga mualliflik qildi. To‘g‘ri, "Lion"ning guruhdagi raqiblari ("Sparta", "Brondbyu") u qadar kuchli emas edi, biroq 6+2 ga ko‘z yumishning imkoni yo‘q!
Florian Virts («Bayer»; Germaniya)
Florianni turli nashrlar kelajakdagi eng qimmat futbolchi bolishini bashorat qilmoqda. Darhaqiqat, forvard so‘nggi o‘yinlarda o‘z iqtidorini ko‘z-ko‘z qilishdan to‘xtamayapti. Guruh bosqichidagi 6 o‘yindan so‘ng, u gol+pas sistemasida (3+3) 6 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Endigina 18 yoshga kirgan yigit uchun bu shunchaki fantastik ko‘rsatkich!
Vanderson Galena ("Braga"; Braziliya)
495 daqiqada 6 bor raqib darvozabonlarini ranjitgan hujumchi ramziy jamoamizning ikkinchi hujumchisiga aylanadi. 25 yoshni "urib" qo‘yganiga qaramay, Galena Portugaliyada o‘zini "ikkinchi" yoshligini o‘tkazmoqda desak, adashmagan bo‘lamiz. Gap shundaki, o‘tgan mavsumda Galena deyarli zaxira futbolchisi sifatida harakat qilgan edi. Endi esa, "Braga"ning oldingi chiziqdagi asosiy quroliga aylanmoqda.
Ya . U
Fikrlar