
Evropa ligasi. Haftaning eng yaxshi futbolchiligiga nomzodlar nomi ma’lum bo‘ldi
Evropa ligasi 2-turining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi
Ro‘yxatdan 4 nafar futbolchi o‘rin olgan. Quyida futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing:
Kvinsi Promes ("Spartak"). Yarim himoyachi «Napoli»ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi;
Karl Toko-Ekambi ("Lion"). «Bronbyu»ga qarshi o‘yinda futbolchi ikkita gol kiritdi va bitta golga assistentlik qilgan;
Giorgi Masuras ("Olimpiakos"). Mazkur futbolchi ham 2 gol kiritgan holda bitta golli uzatma muallifi;
Venderson Galeno ("Braga"). «Midtyuland»ga qarshi o‘yinda futbolchi ikkita gol urdi.
Evropa ligasining hafta o‘yinchisi ovoz berish yo‘li orqali aniqlanadi.
Fikrlar