Evropa ligasi. Final. Penaltilar seriyasida g‘alaba qozongan "Ayntraxt" chempionga aylandi
Evropa ligasi finalidan o‘rin olgan "Ayntraxt" - "Reynjers" bahsi yakunlandi. Ushbu bahsning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi.
Dastlab, Aribo himoyachilarning xatosidan so‘ng 57-daqiqada hisobni ochdi. Biroz o‘tib, Borre Kostichning ajoyib uzatmasidan so‘ng muvozanatni tikladi.
Ekstra taymlarda 1:1 hisobi o‘zgarmadi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. Unda frankfurtliklar 5:4 hisobida raqibdan ustun keldi va Evropa ligasi 2021/2022 yilgi mavsum g‘olibiga aylandi.



Fikrlar