Evropa klublarini chuv tushirgan firibgar futbolchi hikoyasi

  • 3 mart, 2021, 17:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Greg 10 yoshga to‘lganida, tengdoshlaridan umuman ajralib turmas edi. U boshqa bolalar singari futbol o‘ynashni juda yaxshi ko‘rar edi xolos. Yagona muammo shundaki, u bu ishni qoyilmaqom darajada uddalay olmagan. Hatto, o‘z otasi boshqa kasb bilan shug‘ullanishni unga maslahat qilgan…

Tecno

Taniqli firibgar «Daily Mail» nashri uchun bergan intervyusida ilk xotiralarini quyidagicha xotirlaydi:

«Otam ilk bor futbol uchrashuvimni tomosha qilgani keldi. Bu men uchun EChL finalidek bir gap. Juda ham hayajonlangan edim.

Biz kuchli jamoaga qarshi to‘p surdik va 0:4 hisobida engildik. Uyga qaytar ekanmiz, dadam mendan futbolchi chiqmasligini aytdi. U juda ham dangasa ekanligimni ta’kidladi-. Shu yo‘sinda futbolchi bo‘lib sharmandalikka uchrashimdan asramoqchi bo‘lgandir».

Bolalik chog‘ida oldiga qo‘yilgan maqsadlar, ko‘pincha ko‘ngilda abadiy qoladi. Greg ham futbolchi bo‘lishga qat’iy qaror qildi. 18 yoshga qadar faqat o‘z mahallasida do‘stlari bilan to‘p tepdi. Shunga qaramay, u «Norvich», «Bornmut», «Suidon» va TsSKA jamoalarini himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga internet va ijtimoiy tarmoqlar ko‘maklashib yubordi.

Anelkaning o‘rniga maydonga tushgan Akselroyd!

Qahramonimiz maktabda o‘qib yurar ekan, o‘zi uchun futbol yangiliklarini e’lon qiluvchi sayt ochish haqida o‘ylab qoldi. U shu yo‘sinda, o‘zini PSJ zaxirasidagi futbolchi qilib ko‘rsatmoqchi edi. Frantsiya chempionatining tur yakunlari haqida ma’lumotlarni «L‘Equipe»dan ko‘chirib saytga yuklagan yigitcha avtomatik ravishda o‘yin qaydnomasida ko‘rinish berishni boshladi. Hatto, bir bor shaxsan Nikola Anelkaning o‘rniga zaxiradan o‘yinga ham qo‘shildi.

zdenzodezndoe

Bu paytga kelib, u Frantsiyaning havaskorlar ligasida to‘p surar, unda PSJ jamoasi libosi bor edi. Parijda istiqomat qiluvchi yigit o‘zini PSJ a’zosi sifatida ko‘rsatishga qaror qildi. Shu bois, klub stadioniga yashirin tashrif buyurdi va fotosessiya uyushtirdi. Uning PSJ libosida tushgan suratlaridan so‘ng, ko‘pchilikdagi e’tirozlar yo‘qolgani aniq.

Maktabni tugatgach, Akselroyd bolaligi o‘tgan uyini tark etdi. Parijdagi bir xonali kichik kulbaga ko‘chib o‘tdi. Ota-onasi universitetda o‘qishdan bosh tortgan havaskor futbolchini kechira olmagani rost. Qahramonimiz, o‘zining faoliyati aks etgan soxta hujjatlarni turli klublarga jo‘natishni boshladi. U shu yo‘sinda, professional jamoa bilan shartnoma imzolash niyatida edi.

Ilk urinishda «Chelsi», «Manchester Siti» va «Arsenal» klublari taklif yuborgan yigitcha, tezda rad javobini oladi.

Ishonganlar ham bor!

lo‘kerlo‘krke

2003 yilning yozida Angliyaning 3-ligasida to‘p suruvchi «Suindon» klubi Greg bilan shartnoma imzoladi. Qahramonimiz o‘zining ilk mashg‘ulotlaridayoq «qovun tushirib» qo‘yishni boshlab yuboradi.

«Yangi jamoa safidagi ilk mashg‘ulotim yodimda. Men jismonan va taktik jihatdan qolganlardan ancha orqada qolib ketganim shundoqqina ko‘rinib qoldi.

Mashg‘ulot chog‘ida darvozabon zarbani bartaraf etdi. Men qaytgan to‘pga bosh bilan zarba bermoqchi edim, ammo kutilmaganda to‘p yuzimga kelib urildi. Mashg‘ulotdagi barcha uzoq muddat ustimdan kuldi. Ularga qo‘shilib o‘zim ham miriqib kuldim».

Yangi asr boshida «Bornmut» jamoasi moliyaviy qiyinchiliklar girdobiga tushib qoldi. Shu bois, erkin agent maqomidagi kichik maoshga to‘p suruvchi futbolchilarga e’tibor qaratdi. Bu orada PSJ akademiyasi “tarbiyalanuvchisi” katta sahnaga chiqib keldi. Klub yigitchaga bir bor imkon berishga qaror qildi.

2007 yilda qahramonimiz bir hafta davomida «Bornmut» sharafini himoya qildi. Hatto, o‘rtoqlik uchrashuvida gol kiritishni ham uddaladi. Yakunda, murabbiylar u bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi. Keyin yana bir bor «Suidon» tarkibida ko‘rikda bo‘ldi, biroq o‘rtoqlik o‘yinida kiritilgan ikkita gol ham unga yordam bermadi.

Omad kulib boqdi, ammo…

Britaniya va Frantsiyadagi ko‘riklarda orttirilgan tajriba havoga uchib ketmadi. Akselroydga Lyuksemburg klubi taklif bilan chiqdi, biroq u buni rad etdi. 2009 yilning yozida esa, orzu amalga oshdi. Bolgariyaning TsSKA jamoasi frantsuz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi. O‘sha yili EChLda ishtirok etishi lozim bo‘lgan klub oyiga 15 ming evro maosh to‘lashga rozi bo‘ldi. Tomonlar barcha hujjatlarni rasmiylashtirgach, yolg‘on yuzaga chiqib keldi…

Sofiya klubi yangi futbolchi haqidagi ma’lumotlarni ma’lum qilgach, muxlislar darhol barchasi yolg‘on ekanligini anglab etdi. Bu paytga kelib, futbol saytlari faoliyati ancha takomillashgan bo‘lib, odamlarni aldashning imkoni qolmagan edi.

Eng alam qiladigani shundaki, Gregor o‘z mahorati evaziga klubdan kontrakt undirgan edi. Faoliyatida burilish yasashi kerak bo‘lgan jamoa, kutilganidan ancha tezroq barchasini oshkor qildi.

Sirlar fosh bo‘lgach, Bolgariya klubi rasmiylari uni Frantsiyaga qaytib ketishini talab qildi. Bechora Akselroyd yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Voqea agar hozirgi kunlarda amalga oshganida, yaxshigina reyting yig‘ib olishi mumkin edi. Afsuski, yangi asr boshida u amalga oshirgan ishni kechirib bo‘lmas edi.

Qahramonimiz bir muddat Gretsiyada, Quvaytda va Kanadada to‘p surdi. Uni butslarini mixga ilganini hech kim sezmay ham qoldi. Shunga qaramay, futbolni tark etgani yo‘q. Qahramonimiz hozirda yosh futbolchilarga klub topib berishga ixtisoslashgan kompaniya ochgan. Endilikda, hech kimni aldamay halol yo‘l bilan faoliyat olib bormoqda.

dzendozedoen

38 yoshli sobiq futbolchi «Nima qilib bo‘lsada, professional» deb nomlangan avtobiografik kitob yozdi. Bu Aklelroydga kutilganidanda ko‘proq mashhurlik olib keldi. Unda aytilgan so‘zlar va sarguzashtlar kitobxonni o‘ziga mahliyo qilib qo‘yadi. Ushbu kitobdagi eng qiziq bir parchaga e’ e’tibor qarating:

«Men klublardan bir dollar ham olmaganman. Doimo samolyotdan uchib kelishim va yashagan mehmonxonalarimga o‘z hisobimdan pul to‘laganman. Klublar esa, menga faqat vaqtini ajratgan xolos. Ulardan ko‘p narsa so‘ramaganman!»

«Daily Mail» nashri ma’lumotlari asosida Yaxyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!