Evropa klubi: Shomurodov asosiy hujumchimiz o‘rnini egallashi kerak!

  • 3 avgust, 2022, 19:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya vakili “Bolonya” o‘zbek hujumchisi Eldor Shomurodovni qo‘lga kiritish uchun jiddiy kurashmoqda. Bu klub “Roma” bilan transfer muzokaralarini davom ettirmoqda.

Tecno

Italiya futboliga ixtisoslashgan La Gazzetta dello Sport nashri nega “Bolonya” Shomurodovga bu qadar jiddiy qiziqish bildirayotgani sababini aniqladi.

f953db8637977f9871c951e36e8189e9

Birinchi navbatda, Eldor Shomurodovning salohiyati, mahorati va o‘yin uslubi “Bolonya”ni boshqarib kelayotgan serbiyalik murabbiy Sinisha Mixaylovichga yoqadi. Bu mutaxassis futbolchilik davrida ancha mashhur bo‘lgan. O‘z yurtida bir necha yil o‘ynaganidan keyin 1992-1994 yillar davomida aynan “Roma” sharafini himoya qilib, kuchli beshlik chempionatlaridagi faoliyatini boshlagan.

Mixaylovich keyinchalik “Sampdoriya”, “Latsio” va “Inter”da to‘p tepdi. “Voyvodina” va “Tsrvena Zvezda” safida Yugoslaviya chempioni, Evropa chempionlar kubogi va Qit’alararo kubok sohibi bo‘ldi.

“Latsio” o‘yinchisi sifatida Italiya chempionati, kubogi va Superkubogi g‘olibi, UEFA kubok egalari kubogi va UEFA Superkubogi sohibiga aylandi.

“Inter”da o‘ynagan kezlari Italiya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubogida zafar quchdi.

Mixaylovich murabbiylik faoliyatini 2008 yili “Bolonya”da boshlagan. Keyinchalik “Kataniya”, “Fiorentina”, Serbiya terma jamoasi, “Sampdoriya”, “Milan”, “Torino”, “Sporting”da ishlab, 2019 yili “Bolonya” boshqaruviga qaytdi.

Ana shunday katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis Eldor Shomurodov uning jamoasida asosiy hujumchi bo‘lishi kerak, degan fikrni ilgari surmoqda.

Bundan tashqari, “Bolonya” Eldorni jamoaning asosiy to‘purari Marko Arnautovichga munosib o‘rinbosar sifatida tanlagan.  Avstriyalik hujumchi 33 yoshga to‘ldi va o‘rnini o‘zidan yosh va kuchli forvardga bo‘shatib berishi kerak bo‘ladi. Avstriya, Niderlandiya, Angliya, Germaniya, Xitoy va Italiya ligalarida to‘p tepgan bu futbolchi A Seriyada o‘tgan mavsum 33 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 14 ta gol yozdirib qo‘ydi va jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

“Bolonya” klubi rahbariyati bir mavsum davomida Eldor Shomurodovni Marko Arnautovich bilan hujum tandemini tashkil qilishini, keyinchalik jamoa legionerimizni oldingi chiziq etakchisiga aylantirishni rejalashtirmoqda. Qolaversa, Arnautovichning shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgani “Bolonya” rejasiga to‘liq mos keladi.

Maydondagi pozitsiya jihatidan Shomurodov va Arnautovichning ampluasi bir xil. Har ikkisi markaziy hujumchi hisoblanadi. Shu bilan birga ularning har biri har ikki qanotda hujumkor futbolchi sifatida o‘ynay oladi.

f7492e34-3e4b-4656-b1b7-22fd49512b6b

O‘z navbatida, Eldor Italiya chempionatida ikki yildan beri to‘p tepayotganini aytish joiz. Dastlab, “Jenoa” sharafini himoya qilgan futbolchimiz Genuya klubi safida A Seriyada sakkizta gol urgandi. “Roma”dagi faoliyati davomida legionerimiz o‘zi ishtirok etgan barcha turnirlar – Italiya chempionati va kubogi, UEFA Konferentsiyalar ligasida o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning o‘tgan mavsumdagi umumiy statistikasi 40 ta uchrashuv, beshta gol va oltita assistdan iborat bo‘ldi.

Shomurodovning “Vulverxempton” bo‘yicha pozitsiyasi aniq bo‘ldi!

Belotti kutib tur, Shomurodov ketvosin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!