
Evropa grandlari chaqirayotgan yulduz Saudiyaga ketadigan bo‘ldi
“Bavariya” yarim himoyachisi Kingsli Koman faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradigan bo‘ldi. Frantsiyalik futbolchi “Al-Hilol”ga ko‘chib o‘tadi.
Bundesliga grandi tajribali yarim himoyachiga o‘ziga yangi ish joyi topishni buyurgandi. Shudan keyin Komanga “Barselona”, “Manchester Siti”, PSJ, “Fenerbahche” kabi jiddiy klublar taklif yubordi.
Biroq Myunxen klubi transfer to‘lovlari bo‘yicha “Al-Hilol” bilan kelishuvga erishdi.
L'Equipe nashrining yozishicha, endi saudiyaliklar Komanning o‘zini shaxsiy shartnomaga ko‘ndirishi kerak. 28 yoshli futbolchi hali ham Evropada qolishga va Angliya Premer-ligasi klublari “Bavariya” talab qilayotgan summani to‘lashiga umid qilmoqda.
Kingsli Komanning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi. Transfermarkt portali uni 50 millionov evroga baholamoqda.
Fikrlar