
Evropa futbolida ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqea sodir bo‘ldi
Bolgariya chempionatida “Levski” va “Arda” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan qiziq voqea sodir bo‘ldi.
“Arda” klubi uy uchrashuvida sobiq futbolchisi – 78 yoshli Petko Ganchevning xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqladi. Klub keksa futbolchi sirli holatda vafot etgani uchun shunday qilgan edi.
Keyin ma’lum bo‘lishicha, Ganchev tirik bo‘lib chiqdi.
- Biz uzr so‘raymiz. Petko Ganchevga uzoq urm, mustahkam salomatlik va muvaffaqiyat tilaymiz, - deb bayonot berdi “Arda” klubi matbuoti bo‘lib o‘tgan voqeadan keyin.
Petko Ganchevning o‘zi bu voqeani kulgu bilan qabul qildi va sobiq klubidan xafa emasligini bildirib, ularning o‘ziga bildirgan tilaklariga qo‘shilishini aytdi.
Fikrlar