Evropa Chempionlar ligasining yangi mavsumi qanday formatda o‘tkaziladi?

  • 24 may, 2024, 18:22
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2024-25 mavsumda Evropa Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasining yangi davri boshlanmoqda.8 ta guruhdagi 32 ta jamoa o‘rniga 36 ta jamoa bitta yagona ligada birlashadi.

Tecno

UEFAning har bir musobaqasiga shunday o‘zgartirish kiritiladi. Chempionlar ligasi qur’a tashlash marosimidan keyin har bir jamoa 8 ta raqibga qarshi o‘ynashi kerak bo‘ladi. 4 ta o‘yin o‘z uyida, 4 tasi safarda.

Natijada, ushbu o‘yinlardan so‘ng Liganing dastlabki 8 jamoasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri pley-off bosqichiga yo‘llanma oladi. 9-o‘rindan 24-o‘ringacha bo‘lgan jamoalar esa keyingi sakkizlik uchun o‘zaro o‘ynaydi. 25 va undan past o‘rinlarni egallagan jamoalar evrokuboklarni tark etishadi.

Pley-off o‘yinlarida hammasi odatdagidek. Jamoalar 2 ta o‘yin o‘tkazadi. Uyda va mehmonda. Final ham odatdagidek bitta o‘yindan iborat bo‘ladi.

Ushbu o‘zgarishga sizning fikringiz qanday?

Jaxongtr Inomjonov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!