Evropa Chempionlar ligasining 6-tur ramziy jamoasi e’lon qilindi
UEFA Chempionlar ligasining 6-turi ham o‘z nihoyasiga etdi va turning ramziy jamoasi ham e’lon qilindi.
Haftaning eng yaxshi futbolchisi deb "Arsenal" futbolchisi Noni Madueke topildi. Angliyalik vinger "Bryugge"ga qarshi to‘qnashuvda dubl muallifi bo‘ldi. Bundan tashqari, eng yaxshi futbolchi sovrini uchun, Jyul Kunde, Sharl de Ketelare va Oskar Glux kurash olib bordi. Ushbu futbolchilar ham bu turda dublni rasmiylashtirgan edi.
Mazkur turning ramziy jamoasi bilan tanishing!



Fikrlar