
Evro. Bugun guruh bosqich o‘yinlari o‘z nihoyasiga etadi
Bugun "Evro-2024"ning so‘nggi guruh o‘yinlari bo‘lib o‘tadi, ya’ni "E" va "F" guruhidagi jamoalar o‘zaro kuch sinashadi.
Dastlab, soat 21:00da Slovakiya - Ruminiya va Ukraina - Belgiya bahslari bo‘lib o‘tadi. Bu guruhda barcha jamoalar 3 ochkodan to‘plashgan va hammada pley-offga yo‘l olish imkoniyati bor.
Soat 00:00da Chexiya Turkiya bilan, Portugaliya esa Gruziya bilan o‘ynaydi. Agarda bugun chexlar g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oladi va turklar 3-pog‘onaga tushib ketadi.
Fikrlar