
Evro-2024. Xorvatiyada ishlar chatoq
Bugun Evropa chempionatining 2-turida xorvatlar Albaniya bilan durang o‘ynadi (2:2). Birinchi o‘yinda Xorvatiya terma jamoasi Ispaniyaga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Keyingi turda esa Zlatko Dalich shogirdlari Italiya terma jamoasi bilan baxsolib boradi.
Xorvatiya 2 uchrashuvda 5 ta gol o‘tkazib yuborgan holda 1 ochko bilan "B" guruxida 4-o‘rinni egallab turibdi.
Ayni damda "B" guruhi peshqadami Ispaniya (3 ochko) bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinda Italiya terma jamoasi (3 ochko). Uchinchi o‘rinni Albaniya (1) egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, har bir guruhdan dastlabki ikkita o‘rindagi jamoa, shuningdek, uchinchi o‘rin egalari orasidan eng yaxshi to‘rtta jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oladi.
Fikrlar