
“Evro-2024”: Ronaldudan “qarisi” ham bor
Germaniya mezbonligidagi navbatdagi Evropa chempionati boshlanishi arafasida statistika ekspertlari eng yoshi katta futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Mezbon terma jamoa darvozaboni Manuel Noyer 38 yoshida qit’a chempionatida ishtirok etmoqda.
Shuningdek, Gruziya terma jamoasi posboni Georgiya Loriya, Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Xesus Navas va Xorvatiya terma jamoasi pleymeykeri Luka Modrich ham Noyerning tengqurlari hisoblanadi. Bu qatorga Daniya terma jamoasi darvozaboni Kasper Shmeyxelni ham qo‘shish mumkin. U noyabr oyida 38 yoshga to‘ladi.
Xalqaro miqyosda eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan va eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining asosiy kuchli hisoblanadi. Biroq bu jamoada 39 yoshli Ronaldudan kattasi ham bor.
Mashhur himoyachi Pepe 41 yoshni qarshi olganiga qaramay, Evropa chempionatidek nufuzli turnirda ishtirok etadi.
Fikrlar