
"Evro-2024". Ilk gol, qizil kartochka va penalti. Dastlabki 45 daqiqada nimalar bo‘ldi?
Ayni paytda Evropa chempionati ilk o‘yin - Germaniya - Shotlandiya bahsi bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuvning 11-daqiqasida Kimmixning uzatmasidan so‘ng Florian Virts hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 7 daqiqa o‘tib, Jamal Musiala oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi.
Birinchi bo‘limning so‘nggida jarima maydonchasi ichida Ilkay Gyundogan Rayan Portes tomonidan yiqitildi va bahsni boshqarib borayotgan Kleman Tyurpen tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va darvozaga 11 metrli jarima belgilandi. Penaltini Kay Haverts aniq amalga oshirdi - 3:0.
Shu tariqa, Virts turnirning birinchi goliga mualliflik qilgan bo‘lsa, Kimmix birinchi assistni amalga oshirdi. Ilk chetlatilgan futbolchi Portes bo‘ldi, birinchi penaltidan golni esa Kay kiritdi.
Fikrlar