"Evro-2020"ning eng yaxshi futbolchisi yangi klubi safiga qachon borib qo‘shilishi ma’lum bo‘ldi

  • 13 iyul, 2021, 15:59
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqindagina Italiya terma jamoasi safida Evropa chempioniga aylangan Janluiji Donnarumma tez orada yangi klubi tarkibiga borib qo‘shiladi.

Tecno

22 yoshli darvozabon faoliyatini PSJ jamoasida davom ettiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u ertaga Parijga uchib boradi va tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Donnarumma u erda bir kunni shartnoma imzolash, murabbiylar shtabi va jamoa a’zolari bilan tanishishga sarflaydi. Keyin, dam olishga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, Janluiji Donnarumma "Milan"ni erkin agent sifatida tark etdi. U ortda qolgan "Evro-2020" musobaqasining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!