"Evro-2020"ning eng chiroyli goli e’lon qilindi (video)

  • 15 iyul, 2021, 10:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA rasmiy saytida yaqindagina yakunlangan “Evro-2020”da kiritilgan eng chiroyli golni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan maxsus so‘rovnoma natijalari e’lon qilindi.

Tecno

Muxlislarning bergan ovozlari natijasiga ko‘ra, Chexiya terma jamasi hujumchisi Patrik Shikning Shotlandiya (2:0) darvozasiga kiritgan goli eng chiroyli deb topildi.

Bundan tashqari “Evro-2020”ning eng chiroyli goliga nomzodlar orasida Kevin De Bryuyne (Belgiya), Pol Pogba (Frantsiya), Mikkel Damsgor (Danii), Alvaro Morata (Ispaniya), Federiko Keza (Italiya), Andrey Yarmolenko (Ukraina), Luka Modrich (Xorvatiya), Lorentso Insine (Italiya) va Krishtianu Ronalduning (Portugaliya) ham gollari bor edi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb Janluiji Donnarumma (Italiya) topildi. Italiya terma jamoasi Angliyani taslim etgan holda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!