
Evro-2020: Italiya - Ispaniya o‘yinini kimlar sharhlaydi?
Bugun Evro-2020 musobaqasining birinchi yarim final bahsi o‘tkaziladi. Chorak finalda Shveytsariyani taslim etgan Ispaniya Belgiyani mag‘lubiyatga uchratgan Italiya bilan bellashadi.
Final chiptasi uchun kurash Londondagi "Uembli" stadionida o‘tkaziladi. Uchrashuvni germaniyalik hakam Feliks Brix boshqarib boradi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00da "Uzreport" telekanalida jonli efirda namoyish etiladi. Mazkur to‘qnashuvni Bobur Akmalov va Hasan Turdialiev bilan birgalikda sharhlab boradi.
Fikrlar